"Barselona" "Nyukasl" himoyachisini sotib olishni maqsad qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

"Nyukasl" himoyachisi Lyuis Xoll "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Barca Universal xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 21 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar"ning fikricha, Alexandro Baldega himoyaning chap qanotida raqobatchi kerak, ingliz esa universalligi va yoshligi bilan ajralib turadi.
Xoll "Nyukasl"ga 2024 yilning yozida "Chelsi"dan 33 million evro evaziga o'tgandi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali angliyalikni 32 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367