«Rubin» Umarali Raxmonalievni «Sabah»ga transfer qilganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

Qozonning «Rubin» klubi rasmiy sayti orqali Umarali Raxmonalievning «Sabah»ga ko'chib o'tganini ma'lum qildi. U avvalroq Ozarbayjon jamoasida ijara asosida to'p surgan edi. Endi esa Umarali «Sabah»ga to'liq transfer asosida o'tdi.
«FK “Rubin” va “Sabah” yarim himoyachi Umarali Raxmonalievning avval ijarada o'ynagan Ozarbayjon jamoasiga transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Hammasi uchun rahmat va keyingi faoliyatingda omad tilaymiz, Umarali!» — deya yozdi qozonliklar matbuot xizmati.
Raxmonaliev 21 yoshda, u O'zbekiston futbolchisi bo'lib, tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi. Nufuzli Transfermarkt internet-portali Umaralining bozor qiymatini 800 ming evro deb baholamoqda. Yarim himoyachining «Rubin» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo'ljallangan edi.

Bosh sahifaga
370