Niko Uilyams London klubi nishoniga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 770

"Atletik" klubi qanot hujumchisi Niko Uilyams faoliyatini Londonning "Tottenxem" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kris Koulin xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "shporlar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ingliz klubi Uilyamsni "Kristal Pelas"ga sotib yuborilgan Brennan Jonsonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Biroq, vingerni qo'lga kiritish juda qiyin bo'ladi, chunki uning "Atletik" bilan shartnomasi 2035 yilgacha mo'ljallangan va bir mavsum uchun taxminan 21 million evro maosh oladi.
Joriy mavsumda Niko Uilyams barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
355