"An-Nasr" darvozaboni faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

Londonning "Vest Xem" klubi "An-Nasr" darvozaboni Bento bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Klub allaqachon darvozabon uchun taklif yuborgan.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar boshlangan, ammo potentsial kelishuv tafsilotlari hali noma'lum.
2025/2026 yilgi mavsumda braziliyalik darvozabon 10 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol o'tkazib yubordi. U 5 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
26 yoshli Bentoning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 9 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350