Valverde "Real"ni o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashga chaqirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

"Real" o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
El Nacional xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Federiko Valverde madridliklar rahbariyatidan urugvaylik futbolchini bu pozitsiyada o'ynatmaslik uchun o'ng qanot himoyachisi transferini shu yilning o'zida rasmiylashtirishni so'ragan. Futbolchi himoyada emas, aynan yarim himoyada o'ynashni istaydi. "Real" o'ng qanotni kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida "Tottenxem" futbolchisi Pedro Porroni ko'rmoqda.
Porro 2023 yilda "Sporting"dan 40 million evro evaziga "Tottenxem"ga o'tgandi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi "shporlar" safida 29 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Porroni 40 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
264