Karrager: "Amorimning eng yaxshi ishi - uning matbuot anjumanlaridagi chiqishlari"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376

"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning iste'fosiga munosabat bildirdi.
"Amorimning ishidagi eng yaxshi jihat - uning matbuot anjumanlaridagi chiqishlari bo'lsa kerak, jamoaning o'yini emas. U matbuot anjumanlari, intervyular va o'tkir fikrlar borasida Angliya Premer-ligasiga ajoyib qo'shimcha bo'ldi. Amorim har doim gapga chechan edi.
Ba'zida "Manchester Yunayted" haqida gap ketganda, Amorim deyarli Gari Nevill kabi yaxshi mutaxassisdek tasavvur uyg'onardi. 14 oy davomida u "MYu" bo'yicha eng yaxshi mutaxassis deb hisoblangan bo'lishi mumkin, ammo muammo shunda ediki, u mutaxassis emas, murabbiy edi," - deya Karragerning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida 20 o'yindan keyin 31 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
307