Neymar 2025 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

"Santos" vingeri Neymar 2025 yilda faoliyatini yakunlash haqida o'ylagan edi. Bu haqda futbolchining otasi va uning agenti Neymar da Silva Santos aytib o'tdi.
Katta Neymarning so'zlariga ko'ra, menisk jarohati ortidan futbolchida shunday fikrlar paydo bo'lgan.
"U menga o'girilib: "Men ortiq chiday olmayman. Keling, operatsiya qildiramiz. Dada... Hatto operatsiya qilish kerakmi yoki yo'qligini ham bilmayman. Menga qolsa - menga etarli," - dedi Silva Santos Rafa Tecla T kanali efirida.
Avvalroq Neymar "Santos" bilan shartnomasini 2026 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirgandi. Futbolchining bozor narxi 10 mln evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348