"Arsenal" "Real" yulduzi uchun 60 mln evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

Londonning "Arsenal" klubi "Real"ga braziliyalik hujumchi Rodrigo transferi bo'yicha taklif bilan chiqdi.
Fichajes va Arsenal Radar nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra "kanonirlar" 60 million evrolik taklif yo'llashgan. "Arsenal"dagilarning fikricha, Rodrigo loyihaning asosiy qismi va jamoaning asosiy yulduziga aylanishi mumkin.
Ammo xuddi shunday taklifni "Al-Hilol" ham bergan. Saudiya jamoasining ustunligi shundaki, u futbolchiga ko'proq maosh taklif qilishga tayyor.
Bu mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 6ta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310