«The Athletic» jurnalisti «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlarni aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 504

Jahondagi eng nufuzli insayderlardan biri sanaladigan Orshteynning ma'lum qilishicha, Ruben Amorim iste'fosidan so'ng «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimi uchun ikki asosiy nomzod bor.
Jurnalistning aytishicha, agar manchesterliklar murabbiy tayinlashni yozga qoldirishga qaror qilsa, Tomas Tuxel hamda Roberto De Dzerbi etakchi nomzodlar sifatida ko'rilmoqda.
Ayni paytda Tomas Tuxel Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi va 2026 yilgi jahon chempionatida jamoa bilan ishlaydi. Roberto De Dzerbi esa Frantsiya chempionatida yuqori natijalar ko'rsatayotgan «Marsel» klubini boshqarib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ruben Amorim kecha «MYu» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308