Kapello: "Yamal kelgusi yillarda "Oltin to'p" uchun Mbappega qarshi kurashadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

Mashhur murabbiy Fabio Kapello "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida gapirdi.
Marca nashri Kapelloning shunday so'zlarini keltiradi: "Atigi 18 yoshida Lamin Yamal allaqachon jamoaning yulduziga aylandi.
U har bir o'yinda yaxshilanmoqda. Lamin haqiqatan ham erishish juda qiyin bo'lgan ishlarni qiladi.
U o'yinni ajoyib ko'rish qobiliyatiga ega - nafaqat to'pga ega bo'lganida, balki muhim uzatmalarni amalga oshirganda ham. U kelajak egasi. U kelgusi yillarda "Oltin to'p" uchun Mbappega qarshi kurashadi", – dedi Kapello.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286