O'Xara Makkenna nomzodini nima uchun ma'qulladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

Ruben Amorim endi "Manchester Yunayted" murabbiyi emas. Dushanba kuni "qizil iblislar" portugaliyalik murabbiyning ketishini e'lon qildi.
Amorim "Manchester Yunayted"ni deyarli 14 oy boshqardi. Bu vaqt ichida "qizil iblislar" Premer-ligada 19 ta o'yinda mag'lub bo'lishdi.
Mashhur sobiq futbolchi Jeymi O'Xara "Manchester Yunayted"ni boshqaradigan keyingi murabbiy haqida o'z fikrini bildirdi.
"Rahbariyat ishonchli transferlarni amalga oshiradigan, shunchaki kelib, jamoaga to'g'ri murabbiylik qiladigan odamni xohlashadi.
Agar ular aynan shu insonni qidirayotgan bo'lsalar, Makkenna bu borada ajoyib nomzod", dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299