"Inter" yarim himoyachisi turk klubiga o'tishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

Davide Frattezi faoliyatini Turkiyada davom ettirishga rozilik bergan. "Inter" yarim himoyachisi "Galatasaroy" taklifini qabul qilishga tayyor va qishki transferlar davridayoq jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko'ra, istanbulliklar futbolchini keyinchalik 30 mln evroga majburiy sotib olish sharti bilan besh million evrolik ijara shartnomasini rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Futbolchining roziligidan so'ng turklar "Inter" rahbariyatiga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Shu bilan birga, Frattezining ketishi milanliklarning transfer strategiyasini o'zgartirmaydi. "Inter" hozirgi tarkibni muvozanatli deb hisoblamoqda va uning o'rniga shoshilinch xaridlarni rejalashtirmayapti.

Bosh sahifaga
325