36 yoshli murabbiy "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

"Manchester Yunayted" Ruben Amorim iste'foga chiqarilgach, yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
The Telegraph jurnalisti Jeyson Byortning yozishicha, "qizil iblislar" "Portu" ustozi Franchesko Farioli variantini ko'rib chiqmoqda. Italiyalik murabbiyning nomzodi "MYu" rahbariyati tomonidan muhokama qilingan, ammo hozircha bu borada aniq pozitsiya yo'q.
Franchesko Farioli "Portu"ni 2025 yilning yozida qabul qilib olgandi. Shuningdek, u faoliyati davomida "Fotih Karagyuryuk" "Alanyaspor", "Nitstsa" va "Ayaks" klublarida ishlagan. Ayni paytda 36 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi "Portu" 17 turda 49 ochko jamg'argan holda Portugaliya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196