"Chelsi" murabbiy tayinlovini bir necha kunga kechiktirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Kalum Makfarleyn yana bir uchrashuvda "Chelsi" bosh murabbiyi vazifasini bajarishda davom etadi. Mutaxassis chorshanba kuni bo'lib o'tadigan "Fulxem"ga qarshi bahsda jamoani boshqaradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati darhol yangi murabbiy tayinlashga shoshilmaslikka qaror qilgan. Makfarleyn yaqinda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:1) murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan edi.
Shu bilan birga, yaqin kunlarda Liem Rosenorning tayinlanishi kutilmoqda. "Strasburg" ustozi hafta oxirigacha "Chelsi"ni qabul qilib oladi va shanba kuni Angliya kubogi doirasida "Charlton"ga qarshi o'yinda debyut qilishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319