"Bavariya" "RB Leyptsig" iqtidorini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

"Bavariya" "RB Leyptsig" hujumchisi Yan Diomande xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Myunxenliklar ivuarlik hujumchini yozgi transferlar vaqtida hujumni kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchi sifatida ko'rmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, Diomande nomzodi "Bavariya"ning short-listiga kiritilgan va uning ehtimoliy transferi jahon chempionatidan keyin amalga oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, futbolchining "Leyptsig" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasida tovon puli miqdori ko'rsatilmagan.
Diomande joriy mavsum Bundesligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323