"Shtutgart" "Bornmut"dan kelgan 40 mln evrolik taklifni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514

"Shtutgart" vinger Jeymi Levelingni "Bornmut"ga sotishdan bosh tortdi. Ingliz klubi futbolchi uchun 40 mln evro taklif qilgandi.
Germaniyalik jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, shvabiyaliklar tarkibni kuchsizlantirmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Levelingning bozor narxi 25 mln evroni tashkil etadi. Uning "Shtutgart" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
2025/2026 yilgi mavsumda Leveling 24 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339