Arauxo Superkubok uchun "Barsa" qaydnomasiga qaytdi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1580

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo "ko'k-anorranglilar"ning Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomasiga kiritildi.
Urugvaylik futbolchi psixologik muammolar tufayli bir oydan ko'proq vaqt maydonga tusha olmadi - u so'nggi marta 25 noyabr kuni "Chelsi"ga qarshi o'yinda (0:3) maydonga tushib, qizil kartochka olgandi.
Marca xabariga ko'ra, Arauxo jamoa bilan Saudiya Arabistoniga uchdi, ammo uning Superkubok o'yinlaridagi ishtiroki hamon so'roq ostida qolmoqda. Turnirning ilk o'yinini "Barselona" 7 yanvar kuni o'tkazadi - yarim finalda kataloniyaliklar "Atletik" bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363