Endrik Anchelottining har doim amal qilishga harakat qiladigan maslahatini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Lion"ga ijara asosida o'tgan "Real" hujumchisi Endrik bir paytlar Karlo Anchelotti unga qanday maslahat berganini aytib berdi.
Endrik italiyalik mutaxassis bilan "Real"da ishlashga ulgurgan.
"Uning maslahati - bor, o'yna va futbolingni ko'rsat. Men har doim unga amal qilishga harakat qilaman," - deya 19 yoshli forvardning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Endrik 2025/2026 yilgi mavsumda madridliklar safida atigi uchta o'yinda maydonga tushdi. Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini maqtadi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar "Lion" sharafini himoya qiladi. U kubokdagi debyutini "Lill"ga qarshi o'tkazishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
407