Gvardiola mavsum yakunlangach, "Manchester Siti"dan ketishga kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlangach, "Manchester Siti" bosh murabbiyligidan ketadi.
Topskills Sport UK xabariga ko'ra, "shaharliklar" va ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlangach, hamkorlikni to'xtatish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishgan. Manchester klubining yangi ustozi lavozimiga asosiy da'vogar 1 yanvar kuni "Chelsi"dan iste'foga chiqarilgan Entso Mareskadir.
Italiyalik mutaxassis "Manchester Siti" falsafasini yaxshi biladi, chunki u "shaharliklar"ning yoshlar jamoasida ishlagan, keyin esa Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan. Hozircha "Manchester Siti" Mareska bilan muzokaraga kirishmagan, ammo aynan u Gvardiolaning o'rniga asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
407