«Paxtakor» Igor Sergeevning Eron klubiga o'tayotganini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Igor Sergeev faoliyatini Eronda davom ettirishga qaror qildi.
"Toshketliklar safida jami 153 gol muallifiga aylangan hujumchi o'zining muhim gollari bilan ko'plab sovrinlar qo'lga kiritilishiga hissa qo'shdi. Sergeev «Paxtakor» tarkibida 5 karra O'zbekiston chempioni bo'ldi va 4 marta O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. Hamisha "Paxtakor"ga sodiqligini namoyish etgan Igorning Erondagi faoliyatida omad tilab qolamiz. Hammasi uchun rahmat va ko'rishguncha, Igor!", — deyiladi "Paxtakor" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Igor Sergeev faoliyatini Eronning "Persepolis" klubida davom ettiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405