Frantsiyalik iqtidor London grandi safiga borib qo'shilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 892

"Monako" klubi qanot hujumchisi Magnes Akliush faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "shporlar" 23 yoshli "Monako" futbolchisini o'z safiga qo'shib olish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Monakoliklar vingerning transferi uchun 57 million evrodan ko'proq pul so'rashi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Akliushga "Tottenxem" qiziqish bildirayotgani haqida o'tgan yilning oxirida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda frantsuz barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Akliushning "Monako" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 45 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
384