Messi jamoasi yana bir argentinalik futbolchi transferini e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi Lionel Messi to'p tepayotgan "Inter Mayami" safiga qanot himoyachisi Fakundo Mura qo'shildi.
Amerika klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchi jamoa safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Fakundo Florida shtati jamoasi bilan 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini tuzdi.
Mura "Estudiantes" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mayamiga ko'chib o'tishdan oldin uning so'nggi klubi Argentinaning "Rasing" jamoasi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Inter Mayami" MLS chempioniga aylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345