«Qo'qon-1912» Gadoev, Salimov va Akramov bilan kelishuvni uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2756

«Qo'qon-1912» jamoasi tarkibni kuchaytirish bilan bir qatorda o'tgan mavsumdagi asosiy tarkib futbolchilari bilan ham yangi shartnomalar imzolashda davom etmoqda.
O'tgan mavsum himoya «qo'rg'oni»da asosiy o'yinchilar bo'lgan Shahzod Akramov va Alisher Salimov bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolandi.
Shuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi qismida tarkibga kelib qo'shilgan Shohruh Gadoev yangi mavsumni «Qo'qon-1912» jamoasida o'tkazadi.
Shahzod Akramov o'tgan mavsum 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.
Alisher Salimovning hisobida esa 32 ta uchrashuv bor va u bitta assist qayd etgan.
Shohruh Gadoev esa jamoamiz safida o'tgan mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etgan.

Bosh sahifaga
345