«Paxtakor» Oybek Bozorov, Sherzod Nasrullaev va Sanjar Quvvatovning transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

Qishki transferlar davrida «Paxtakor» tarkibini uch nafar tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi.
Jamoaga darvozabon Sanjar Quvvatov ikki yillik tanaffusdan so'ng qaytdi. 2019–2023 yillarda «Sherlar» safida 106 ta o'yin o'tkazgan Quvvatov bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U «Paxtakor» tarkibida 5 marta O'zbekiston chempioni, 2 martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi, shuningdek, Liga Kubogi g'olibi bo'lgan.
Shuningdek, "Nasaf"dagi mahorati bilan tanilgan yarim himoyachi Oybek Bozorov ham «Paxtakor» futbolchisiga aylandi. U jamoa bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Bozorov Superligada 165 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol va 32 golli uzatma qayd etgan, Osiyo klublari ishtirokidagi xalqaro musobaqalarda esa 31 o'yin o'tkazgan.
Bundan tashqari, tajribali chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullaev ham «Paxtakor» safiga qo'shildi. U bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. Nasrullaev "Nasaf" tarkibida Superligada 147 bellashuvda 10 gol va 25 golli uzatma muallifi bo'lgan, Osiyodagi xalqaro turnirlarda esa 27 bahsda ishtirok etgan.

Bosh sahifaga
327