"Strasburg" Rosenorga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Angliyalik mutaxassis Gari O'Nill Frantsiya chempionatida ish topishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 42 yoshli murabbiy bilan mehnat shartnomasini imzolashga Frantsiyaning "Strasburg" klubi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar dastlabki muzokaralarga kirishdilar.
Avvalroq, "Strasburg" ustozi Layam Rosenor Londonning "Chelsi" klubiga o'tishga yaqinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Frantsiya chempionatining 17 turidan so'ng "Strasburg" 24 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Jamoa 6-o'rindagi "Renn"dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361