Garsiya het-trikdan so'ng Mbappe bilan raqobat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 792

Madridning "Real" klubi forvardi Gonsalo Garsiya "qaymoqranglilar"ning yulduz hujumchisi Kilian Mbappe bilan raqobati haqida fikr bildirdi.
"Real"da har doim tarkib uchun eng yuqori raqobat bo'lgan. Men Kilianning o'rinbosari ekanligimni tushunaman. Murabbiylar shtabi va jamoadoshlarim meni har tomonlama qo'llab-quvvatlab, menga ishonch bag'ishlamoqda. Men qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman", - deya 21 yoshli ispaniyalikning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida "qirollik klubi" o'z maydonida Sevilyaning "Betis" klubini yirik 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ortda qolgan uchrashuvda Garsiya 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368