«Chelsi» sardori murabbiy almashinuvi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1399

«Chelsi» sardori Ris Jeyms London klubida bosh murabbiy almashgani haqida o'z fikrini bildirdi.
«Aristokratlar» ustozi lavozimini Entso Mareska 1 yanvar kuni tark etdi. Hozircha yangi doimiy bosh murabbiy tayinlanmadi, biroq mish-mishlarga ko'ra, bu «Strasburg» jamoasi murabbiyi Liam Rosenor bo'lishi mumkin.
«Entso Mareskaning ketishi? Albatta, bu qiyin… Lekin biz bir-birimiz uchun kurashishimiz kerak. Biz «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda bardosh berdik, hatto bir ochko ham qo'lga kiritdik.
Keyingi murabbiy kim bo'ladi? Hozircha biz hech narsa bilmaymiz. Butun hafta «Siti»ga qarshi o'yinga bag'ishlandi. Biz Manchesterga keldik. O'yinga e'tibor qaratdik. Juda qiyin vaziyatdan chiqib, bir ochko oldik. Endi tiklanishimiz kerak. Murabbiy masalasida yaqin kunlarda nima bo'lishini ko'ramiz», — deya Jeymsning so'zlarini BBC Sky Sports’ga tayanib keltiradi.

Bosh sahifaga
354