Abduqodir Husanovning «Chelsi»ga qarshi bahsdagi o'yini qanday baholandi? (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2740

Flashscore.com sayti Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasida bo'lib o'tgan «Chelsi»ga qarshi o'yinda (1:1) «Manchester Siti»ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning o'yiniga baho berdi.
Husanov uchrashuvning 51-daqiqasida jarohat olgan Yoshko Gvardiol o'rniga maydonga tushdi. Husanov kechagi bahsdagi ishtiroki uchun 6,7 ballga loyiq ko'rildi — bu uchrashuvda qatnashgan «Manchester Siti» futbolchilari orasida to'rtinchi eng past baholardan biri bo'ldi.
Joriy mavsumda Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda jami 10 ta o'yin o'tkazdi. «Siti» APLdagi keyingi uchrashuvini 7 yanvardan 8 yanvarga o'tar kechasi «Brayton»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299