"Mutlaqo farqli": Amorim Sheshko va Xyoylundni taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchilar Benyamin Sheshko va Rasmus Xyoylundning o'yinidagi farqlar haqida gapirdi.
Daniyalik futbolchi Angliyada o'zini ko'rsata olmadi va o'tgan yozda "Napoli"ga ko'chib o'tdi. Uning o'rnini "RB Leyptsig"dan sotib olingan qimmatbaho sloveniyalik egalladi, u ham hozircha "qizil iblislar" tarkibida sermahsullik ko'rsata olmayapti.
"Sheshko va Xyoylund - mutlaqo boshqa-boshqa xususiyatlarga ega futbolchilar. Ben butunlay boshqacha. Rasmus ketdi, biz Sheshkoni taklif qildik, endi bizning vazifamiz - u tez-tez gol urishi uchun hamma narsani qilish," - dedi Amorim matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300