"Inter" prezidenti Kanselu bo'yicha xabarlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Inter" prezidenti Juzeppe Marotta milanliklar "Al-Hilol" himoyachisi Joau Kanseluni o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqidagi xabarga izoh berdi. U bu mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelishini tasdiqladi.
"Dumfris yana ikki oy jarohatda bo'ladi, shuning uchun bizga o'ng qanot himoyachisi kerak. Kanseluning maoshi katta, biz vaziyatga oydinlik kiritish uchun muzokaralar olib bormoqdamiz," - deya Marottaning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, Joau Kanselu 2017-2018 yillarda "Inter" sharafini himoya qilgan. O'shanda milanliklar himoyachini "Valensiya"dan ijaraga olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344