"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan "Lids" stadionida muxlis vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

Angliya chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Lids" - "Manchester Yunayted" (1:1) uchrashuvi oldidan fojiali holat yuz berdi.
Uchrashuv boshlanishidan oldin tribunadagi muxlislardan biri o'zini yomon his qildi - unga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatildi, biroq muxlisni qutqarib qolishning iloji bo'lmadi. Klub hodisani tasdiqladi va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
"Lids"ning ta'kidlashicha, barcha xodimlar va jamoa sodir bo'lgan voqeadan chuqur ta'sirlangan va ushbu og'ir damda muxlis oilasining qayg'usiga sherik bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345