"Barselona" yoki "Inter": Kanseluning kelajagi tez orada hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8632

"Al-Hilol"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu Evropaga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Portugaliyalik futbolchiga hamon "Inter" va "Barselona" klublari da'vogarlik qilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan hisobotida aytilishicha, "neradzurrilar" Kanselu jamoaga kelsa, Stefan de Vrey yoki Franchesko Acherbini "Al-Hilol"ga qo'yib yuborishga rozi. Kelishuv allaqachon klublar o'rtasida muhokama qilingan. 31 yoshli futbolchining o'zi "Barsa" qarorini kutishda davom etmoqda - kataloniyaliklar tez orada javob qaytaradi.
Eslatib o'tamiz, Joau Kanselu La Liga grandi safiga ko'chib o'tishni afzal ko'rmoqda. Ayni damda faqat bir narsa aniq - lateral qishda "Al-Hilol"ni tark etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381