Rasman: «Navbahor» kechagi uchrashuv yuzasidan shikoyat yozgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 736
"Navbahor" futbol klubi kechagi uchrashuv yuzasidan o'z shikoyatini rasman yozgan. Shikoyatda aynan qaysi epizodlarga nisbatan e'tiroz borligi aniq ko'rsatilgan. Mazkur shikoyat ko'rib chiqilishi yuzasidan klub ish olib boryapti.
Ish 48 soat ichida amalga oshirilishi kerak. Amalga oshishi bilan O'zPFL shikoyatni O'FA Hakamlik-inspektorlik qo'mitasiga oshiradi. Qo'mita reglament bo'yicha bir hafta muddat ichida bu ishni ko'rib, o'z xulosasini taqdim etadi (odatda tezroq ko'rib chiqiladi).
Shuningdek, kechagi uchrashuvda raqib jamoa obro'sini erga urish, raqib jamoani haqorat qilish holati ham qayd etilgan. O'FA tegishli qo'mitasi muxlislar xulqi yuzasidan ham qaror qabul qilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, O'zPFL musobaqa o'tkazadigan tashkilot sifatida yuqoridagi normalar yuzasidan vositachilik qiladi. Biroq qarorlar bevosita O'zPFL tomonidan qabul qilinmaydi, tashkilotda bunday huquqning o'zi yo'q.
Diyor Imomxo'jaev
Manba: Diyor Imomxo'jaev telegram kanali
Bosh sahifaga
283