"Chelsi"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi: "Hamma bizda "Manchester Siti" bilan imkoniyat yo'q deb o'ylagandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314

"Chelsi" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlenning fikricha, "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan jamoaga hech kim ishonmagan.
"Ko'klar" ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Entso Fernandes tomonidan kiritilgan gol evaziga "shaharliklar"dan ochkolarni tortib olishga muvaffaq bo'ldi (1:1).
"Hamma bizni bu erga keladi va "Manchester Siti"ga yutqazishi muqarrar deb o'ylagandi. Hech kim bizga hech qanday imkoniyat bermadi. Ammo biz bilardik: jamoamizda xarakter ham, iste'dod ham bor," - deya Makfarlenning so'zlarini keltiradi jurnalist Bobbi Vinsent.
Eslatib o'tamiz, 1 yanvar kuni "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini Entso Mareska tark etdi. Klub yaqin kunlar ichida jamoaning yangi doimiy murabbiyi etib Liam Rosenor tayinlanganini e'lon qilishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
402