Amorim "Manchester Yunayted"dan iste'foga chiqarilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli o'z lavozimini tark etishi mumkin.
Yakshanba kuni "qizil iblislar" "Lids" bilan durang o'ynadi (1:1). Bellashuv yakunida portugaliyalik murabbiy transfer masalasida etarlicha ta'sir ko'rsata olmayotganidan hafsalasi pir bo'lganini va rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanmayotganiga ishora qildi. Jurnalist Aleks Krukning ma'lum qilishicha, ushbu so'zlardan keyin mutaxassisning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Amorim agar bozorda munosib nomzod paydo bo'lsa, "MYu" uning so'roviga ko'ra katta transferni amalga oshirishini kutgandi, ammo tarkib kuchaytirilmaydiganga o'xshaydi.

Bosh sahifaga
384