«Bavariya» iqtidori: «Real»ga o'tmoqchiman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3329

Myunxenning "Bavariya" klubida joriy mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Lennart Karl kelajakdagi rejalari bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.
«Bavariya» juda katta klub, lekin kareramning bir nuqtasida men albatta «Real Madrid»ga o'tmoqchiman», - dedi 17 yoshli germaniyalik hujumkor yarim himoyachi Bild bilan suhbatda.
Karl hozirda Transfermarkt portalida 60 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Lennart joriy mavsumda jami 22 ta o'yinda 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320