Konte: «Inter» maksimal natijaga erishishga harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Evropa Ligasi 1/16 finalining javob uchrashuvida "Ludogorts" ustidan qozonilgan g'alabani (2:1) va keyingi bosqich haqida fikr bildirdi.
Italiyada koronavirus tarqalishi sababli uchrashuv tomoshabinlarsiz o'tdi.
"Men allaqachon Italiya bilan Xorvatiyaga qarshi o'yinda muhlislarsiz o'ynaganman. Albatta, atmosfera g'alati edi. Birinchi sezgilar deyarli mashg'ulotlarga o'xshaydi. Ammo yigitlar hech narsa bo'lmagandek o'ynashdi.
"Inter" ELni yuta oladimi? Mutlaqo to'g'ri, agar "Inter" kabi jamoa nafaqat turnirda qatnashsa, balki maksimal natijaga erishishga intiladi. "Inter" 9 yildan beri sovrinlarni yutmayapti, klub boy an'analarga ega va o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqchi. Biz maksimal darajada chiqarishga harakat qilamiz", - dedi Konte Sky Sports Italia nashriga bergan intervyusida.
Manba: Sky Sports Italia
Bosh sahifaga
265