APL. "Liverpul" "Fulxem" maydonida so'nggi soniyalarda g'alabani qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

Angliya Premer-ligasi 20-turidan o'rin olgan "Fulxem" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
O'yinda hisobni Xarri Uilson ochdi. Mezbonlar hujumchisi 17-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limning 57-daqiqasida mersisaydliklar yarim himoyachisi Florian Virts hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 90+4-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Kodi Gakpo jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. "Fulxem" xavbeki Xarrison Rid 90+7-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
"Fulxem" Angliya chempionatida 20 ta uchrashuv o'tkazib, ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 11-o'rinda bormoqda. "Liverpul" esa to'rtinchi pog'onada bormoqda, jamoa hisobida 34 ochko mavjud.
Fulxem - Liverpul - 2:2
Gollar: Uilson, 17 (1:0). Virts, 57 (1:1). Gakpo, 90+4 (1:2). Rid, 90+7 (2:2)
Fulxem: Leno, Andersen, Kuenka, Diop, Kerni (Berge, 74), Lukich (Rid, 90+2), Robinson, Kastan, Uilson (Traore, 85), Smit-Rou (Kevin, 74), Ximenes (Kusi-Asare, 85)
Liverpul: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez, Bredli, Djons (Keza, 85), Gravenberx, Makallister, Virts (Frimpong, 76), Soboslai, Gakpo (Gomes, 90+6)
Ogohlantirishlar: Uilson, 71 - Gakpo, 90
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
373