Sarri: "Ketmoqchi bo'lgan ikki yoki uchta o'yinchi xalaqit qildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2023

"Latsio" A Seriyaning o'n sakkizinchi turida o'z maydonida "Napoli"ga 0:2 hisobida yutqazdi.
"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri mag'lubiyatda ayrim o'yinchilar aybdor ekanligini ta'kidladi, chunki ular "jamoadan ketishni xohlashdi".
"Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. "Napoli"ga qarshi texnik kamchilik aniq edi. Ular birinchi bo'limda bizni mag'lub etishdi. Bizga hozirgilaridan ko'ra texnik jihatdan yaxshiroq o'yinchilar kerak. Ketmoqchi bo'lgan ikki yoki uchta o'yinchi xalaqit qildi", deb yozadi calcionapoli1926.it mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
468