"Borussiya" D vingeri klubini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 794

Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri, 19 yoshli Koul Kempbell faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, amerikalik futbolchi "Xoffenxaym" tomonidan 1,5 million evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga olingan. "Xoffenxaym" Kempbellni 10 million evroga sotib olish huquqiga ega.
Joriy mavsumda futbolchi Bundesliganing 3-turida "Xaydenxaym"ga qarshi o'yinda 16 daqiqa o'ynadi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389