Fabritsio Romano "Real"ning Rodrigo bo'yicha aniq rejalari borligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 939

Mashhur insayder Fabritsio Romano futbolchining "Real"dan ketishi haqidagi yangi mish-mishlar fonida Rodrigo haqida ma'lumot berdi.
Kuni kecha matbuotda "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida har doim ham maydonga tushavermaydigan 24 yoshli braziliyalik futbolchi sotilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Romanoning so'zlariga ko'ra, Xabi Alonso Rodrigodan juda mamnun va uning ketishini ma'qullamaydi. Hujumchi yanvarda klubni tark etmasligi aniq, yozgi transfer oynasida ham xayrlashish rejalashtirilmagan.
Transfermarkt portali Rodrigoning narxini 60 mln evroga baholamoqda. Futbolchining "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354