"Siti" 18 yoshli vinger xizmatiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 880

"Manchester Siti" "Trua"ning 18 yoshli vingeri Matis Deturbeni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda L'Equipe.
Frantsiyalik futbolchi Liga 2da 17ta o'yinda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi, uning jamoasi hozirda peshqadamlik qilmoqda. Deturbening "Trua" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Ta'kidlanishicha, yozda "Roma" futbolchi uchun 10 mln evro taklif qilgan va uni kuzatishda davom etmoqda. Unga nemis klublari, shuningdek, qishda transferni rasmiylashtirishga urinib ko'rishi mumkin bo'lgan "Monako" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
426