Van Deyk ispan superklubiga o'tishni istagan edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 815

"Liverpul"ning yulduz himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi edi. Marca nashri xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi Madridning "Real" klubiga o'tishga qiziqish bildirgan.
Van Deykning agentlari "qaymoqranglilar" bilan muzokaralar olib borishdi, ammo madridliklardan ijobiy javob olishmadi. Yakunda "Real" Din Xyoysenni tanladi, niderlandiyalik esa ingliz grandi bilan yangi shartnoma imzoladi.
34 yoshli himoyachining liverpulliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Futbolchining transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi. U "qizillar" safida 2018 yilning yanvaridan buyon to'p tepib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369