Arteta: «Bu — shafqatsizlik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu juda alamli. Biz Evropa ligasida uzoqroqqa borishni mo'ljal qilgandik. Bu musobaqa biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Emotsional jihatdan juda og'ir o'yin bo'ldi.
Biz harakat qildik, harakat qildik va yana harakat qildik. Juda chuqur himoyalangan raqibga qarshi bor kuchimizni berdik. Gol urishga muvaffaq bo'ldik, ammo o'yin so'ngida belgilangan burchak zarbasidan to'p o'tkazib yubordik.
O'n kishi bo'lib himoyalangan raqibga qarshi hujum qilish qiyin, lekin xotirjamlik bilan g'alaba qozonish uchun etarli imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo bunday holat ro'y bermadi. So'nggi besh daqiqada o'yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi.
– Balki o'yindan oldin o'yinchilar o'zlariga haddan ortiq ishonib yuborishgandir?
– Men bunday deb o'ylamayman. Futbolchilar o'yin og'ir bo'lishini bilishardi.
Bundan natija — shafqatsizlik va juda alamli. Shu bilan birgalikda o'yinchilarim bilan faxrlanaman. Keyingi bosqichga chiqqanimizda ulkan natijaga erishgan bo'lardik.

Bosh sahifaga
263