Subimendi "Arsenal"da mavsum rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi "Bornmut"ga qarshi o'yinni ajoyib tarzda o'tkazdi.
Ispaniyalik futbolchi uchrashuv boshidan oxirigacha harakat qildi va "kanonirlar"ga irodali g'alabani qo'lga kiritishga yordam berdi - 3:2. Opta xabariga ko'ra, xavbek "olchalar"ga qarshi bahsda 12 marta to'pni raqibdan tortib olgan - bu "Arsenal"ning joriy mavsumdagi 29 o'yinda maydonga tushgan barcha futbolchilari orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.
Martin Subimendi o'tgan yilning yozida "Real Sosedad"dan 70 mln evro evaziga Mikel Arteta jamoasini to'ldirgandi. Himoyachi londonliklar safida 25 ta o'yinda 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444