Evropa ligasi. Nimchorak final bosqichi qur'asi haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 833

Evropa ligasida 1/16 final bosqichi o'yinlari deyarli yakunlandi. Bugun esa musobaqaning nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Qachon?
Qur'a marosimi 28 fevral, juma kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Ishtirokchilar
Quyidagi jamoalar Evropa ligasi nimchorak final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi:
"Bayer" (Germaniya)
"Bazel" (Shveytsariya)
"Volfsburg" (Germaniya)
"Vulverxempton" (Angliya)
"Istanbul Bashakshexir" (Turkiya)
"Inter" (Italiya)
"Kopengagen" (Daniya)
LASK (Avstriya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Olimpiakos" (Gretsiya)
"Reynjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Xetafe" (Ispaniya)
"Shaxtyor" (Ukraina)
"Ayntraxt" (Germaniya) / "Zaltsburg" (Avstriya) *
* "Zaltsburg" - "Ayntraxt" javob o'yini noqulay ob-havo tufayli bugun — 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:00da bo'lib o'tadi.
Qur'a tartibi qanday?
Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Bir mamlakat vakillari o'zaro to'qnash kelishi mumkin. Qur'ada birinchi tortilgan jamoa dastlabki o'yinni o'z uyida o'tkazadi.
Ehtimoliy cheklovlar haqida UEFA qur'adan oldin e'lon qiladi.
Taqvim
Nimchorak finalning dastlabki o'yinlari 12 mart, javob uchrashuvlari ea 19 mart kunlari o'tkaziladi. O'yinlar Toshkent vaqti bilan 22:55 va 01:00ga belgilanadi.
Chorak final va yarim final uchun qur'a tashlash marosimi 20 mart kuni o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
280