"Chelsi" Vinisius uchun qancha to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1233

Londonning "Chelsi" klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior uchun 150 mln evrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.
Manbalarga ko'ra, ushbu summaga 125 mln evro miqdoridagi qat'iy transfer to'lovi va 25 mln evro miqdoridagi samaradorlik bonuslari kiradi. Insayderlarning ta'kidlashicha, Vinisius "Chelsi" taklifini obdon ko'rib chiqishga tayyor.
Avvalroq, braziliyalik va "Real" o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgani ma'lum bo'lgandi. Amaldagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
423