"Manchester Yunayted" va "Chelsi" bir futbolchini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 586

Italiyaning "Udineze" klubi himoyachisi Umar Sole faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish uchun bir necha variantga ega. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, 25 yoshli futbolchiga Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" shuningdek, "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Markaziy himoyachining transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda. Solening "Udineze" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi 19 ta baxsda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
418