Gabriel "Arsenal"ning APLdagi rekordini takrorlashiga atigi 2ta gol qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urdi.
Shanba kuni braziliyalik futbolchi "Bornmut" darvozasini ishg'ol qilib, tabloda 1:1 hisobini qayd etdi. Ikkinchi bo'limda Deklan Rays dubl qayd etib, "kanonirlar"ga safarda muhim g'alabani keltirdi (3:2). Squawka xabariga ko'ra, Gabrielning hisobida londonliklar safida Premer-liga doirasida kiritilgan 20ta gol bor - bu himoyachilar orasida klub tarixidagi ikkinchi ko'rsatkichdir. 28 yoshli futbolchi frantsiyalik Loran Koselni rekordini takrorlash uchun ikki marta gol urishi kerak.
Gabriel "Arsenal" safida 2020 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Angliya chempionatining joriy mavsumida u o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
520