«Chelsi»ga hali kelib ulgurmagan yangi murabbiy rahbariyatdan yulduz himoyachi transferini so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 555

"Chelsi"ning bo'lajak yangi ustozi Liam Rosenor allaqachon klub rahbariyatiga tarkibni kim bilan kuchaytirmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. 41 yoshli mutaxassis hali "Strasburg"ni tark etgani yo'q, ammo uning "Chelsi"ga o'tishi yaqin kunlarda e'lon qilinishi muqarrar. Indykaila News xabariga ko'ra, angliyalik mutaxassis "ko'klar" bosslaridan mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadigan "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi bilan shartnoma imzolashni so'ragan.
"Burgutlar"ning 25 yoshli sardorini o'z tomoniga og'dirish oson bo'lmaydi, chunki uning xizmatlariga boshqa mahalliy va xorijiy grandlar ham qiziqish bildirmoqda.
Liam Rosenor "Chelsi"da 1 yanvar kuni lavozimini tark etgan Entso Mareskaning o'rnini egallaydi.

Bosh sahifaga
439